PASTDARG‘OMLIK YОSHLAR YETAKCHISI RESPUBLIKA MAHALLALARI ORASIDA TOP 100 TALIKDA
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublikamizdagi barcha mahallalarda yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida o‘z mehnati va g‘ayratini namoyon etib kelayotgan, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shib, mahallalarda yoshlarning ishonchli yo‘lboshchisiga aylangan eng faol yoshlar yetakchilarining navbatdagi TOP-100 reytingi aniqlandi.
Har chorakda anʼanaviy tarzda eʼlon qilib boriladigan ushbu reyting bu safar 2025-yilning 3-choragi bo‘yicha shakllantirildi.
Quvonarlisi, shu vaqt mobaynida o‘zining tirishqoqligi va bilimi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlar yetakchilari kiritilgan ushbu top 100 talik orasida tumanimizning Mang‘itobod mahallasi yoshlar yetakchisi Islombek Abduqayumov ham bor.
Yoshlar bilan ishlashda chin dildan harakat qilayotgan bunday fidoyilar – ertangi yurt tayanchidir!




