PASTDARG‘OMLIK YOSHLAR RESPUBLIKA FORUMIDA
Joriy yilning yanvar oyi yakunida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida Respublika miqyosidagi yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensiya tartibida zoom platformasi orqali o'tkazilgan forumda Pastdargʻom tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda tumandagi faol yoshlar onlayn tarzda faol ishtirok etdi.
Forum davomida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari haqidagi targ‘ibot ishlari hamda profilaktika choralarini kuchaytirish, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.




