PASTDARG‘OMLIK SARVINOZ O‘ZBEKISTON CНEMPIONI
Toshkent shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha, "U 23 O‘zbekiston chempionati" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan kelgan sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish qilib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Natijalariga ko‘ra, tumanimizning 1-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sarvinoz Husanova barcha raqiblaridan ustun kelib, qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda o‘z vazn toifasi bo‘yicha mutloq g‘olib deb topildi.
Ushbu natija bilan pastdarg‘omlik dzyudochi Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, butun jahon arenasida yurtimiz shaʼnini himoya qilish baxtiga sazovor bo‘ldi.
Biz yosh tumandoshimizni g‘alaba bilan qutlab, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!




