PASTDARG‘OMLIK POLVON XALQARO MUSOBAQA G‘OLIBI
Tojikiston davlatida tojik milliy kurashi (gushtin kurashi) bo‘yicha xalqaro musobaqa o'tkazildi.
Osiyo va Yevropaning ko'plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan sportchi polvonlar ishtirok etgan nufuzli musobaqalarda yurtimiz vakillari ham munosib ishtirok etib yuqori natijalarga erishdi.
Jumladan, Pastdarg‘om tumanidagi Parcha Chandir mahallasida yashovchi Jonibek Qozoqov ham turnirda ishtirok etib, 95 kilogram vazn toifasida 1-oʻrinni qo'lga kiritdi.
Musobaqa yakunida chempion tumandoshimizga esdalik sovg‘alari hamda 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.