PASTDARG‘OMLIK OSIYO CHEMPIONLARI SONI YANA BITTAGA ORTDI
Pastdarg‘om tumanida sport sohasini yana-da rivojlantirish, xususan xotin-qizlar sportini yangi bosqichga olib chiqish borasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar jadal surʼatda davom etmoqda.
Shu boisdan chempion qizlarimiz soni tobora ortib borayotir.
So‘zimiz isboti o‘laroq, yaqinda Jizzax shahrida sportning o‘zbek jang sanʼati turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati musobaqasida yana bir yosh tumandoshimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
30 ga yaqin davlatlardan tashrif buyurgan mahoratli sportchilar o‘zaro kuch sinashgan bellashuvlarda, Pastdarg‘om tumani Balxiyon mahallasida yashovchi Aziza Nurmurodova ham ishtirok etib, 68 kilogram vazn toifasida mutloq g‘olib deb topildi.