PASTDARG‘OMLIK NAVRO'ZBEK JAHON ARENASIDA G'OLIB
Joriy yilning 3–13-oktyabr kunlari Italiya davlatining Jisolo shahrida sportning taekvondo (ITF) turi bo‘yicha Xalqaro jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Pastdarg‘om tumani Novchandir mahallasida yashovchi yosh sportchi Navruzbek Ergashov 25 kg vazn toifasida ishtirok etib, barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal sohibiga aylandi.
Biz yosh tumandoshimizni g'alaba bilan tabriklab, uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildiramiz.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, 1-son sport maktabining taekvondo (ITF) bo‘limi bosh murabbiyi Baxodir Xolbekov ushbu jahon chempionatida hakamlik qilgan.




