PASTDARG‘OMLIK ChEMPIONLARGA G‘ALABA MUBORAK
Yaqinda Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida Qora dengiz kubogi xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz vakillari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
Jumladan, sportning taekvando (ITF) yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvga chiqqan Pastdarg‘om tumani sportchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Xususan,
Abdusamatov Orzubek
Mo‘minjonov Madaminjon
Orzikulov Davlatbek
musobaqaning yakka massogi, sparring va tul yo‘nalishlarida mahoratlarini namoyon etib, barcha turlarda faxrli 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Bu g‘alaba ularning tinimsiz mehnati va ustozlari hamda yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashi samarasidir.




