PASTDARG‘OMLIK 20 NAFAR BOLANING XATNA TO‘YI O‘TKAZILDI
Tumanimizda istiqlol shodiyonalarining bayramona kayfiyati hali hamon hukm surmoqda.
Bugun, yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi tantanalari sharafiga Pastdarg‘om tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi “Diydor” bazmgohida tuman hokimligi va tadbirkorlar tashabbusi bilan tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 900 nafar vakillari uchun navbatma-navbat bayram dasturxoni yozildi.
Shuningdek, kam taʼminlangan oilalarning 20 nafar farzandlari uchun xatna to‘yi tashkillashtirildi.
Tadbirda tuman hokimi sektor rahbarlari va nuroniylar ishtirok etib xatna to‘y egalarini samimiy tabrikladi.
Tantanali tadbirda xatna to‘y egalariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shu kabi to‘kin dasturxon tuzalib, taklif etilgan mehmonlarga ehtirom ko‘rsatildi.