Pastdarg‘omda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 28-aprel kunidan 30-aprel kuniga qadar Pastdarg‘om tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra bugun shartli ravishda sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi natijasida Pastdarg‘om tumani aholisiga erta tongdan yig‘in signali berildi.
Barcha korxona va tashkilot rahbarlari Favqulodda vaziyat to’g’risida ogohlantirildi va mas’ul rahbarlar tuman hokimligida yig‘ilishdi.
Unda, shartli zilzila natijasida shahar hududida sodir bo‘lgan vaziyatni baholash, takliflar kiritish bo‘yicha komissiya raislari, tuman FVDqT xizmatlari rahbarlari tinglandi hamda barcha mas’ul javobgar shaxslar tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan vazifador etildi.