PASTDARG‘OMDA QO‘MONDONLIK SHTAB-O‘QUV MASHQI O‘TKAZILADI
Joriy yilning 24-26-aprel kunlari Pastdarg‘om tumanida “Boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarni bartataf etish davlat quyi tizimi kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqi o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur o‘quv mashqining asosiy maqsadi - tuman miqyosida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda boshqaruv organlari, tuman hokimligi va barcha tegishli xizmatlar hamda tumanda faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan, tezkor va samarali harakatlarini tashkil etish, ularning tayyorgarlik darajasini baholash, mavjud kuch va vositalarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdan iborat.
Tuman hokimi o‘rinbosari viloyat va tuman FVV masʼullari va tegishli korxona-tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida mazkur shtab-o‘quv mashqiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Muhokamada, ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.