PASTDARG‘OMDA PAXTA TERIMIGA KIRISHILDI
Tumanda 2025-yil paxta hosili uchun 304 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 13 095 gektar yer maydoniga chigit ekib parvarish qilindi.
Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va xodimlari hamda qishloq xo‘jaligining daxldor mutasaddilari tomonidan olib borilgan saʼy harakatlar natijasida, bugun paxta dalalarida g‘o‘za hosili terishga shay holatga keldi.
Erta tongdan tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman faollari, prokuror, IIB boshlig‘i, tegishli o‘rinbosarlar, masʼullar hamda faol nuroniylar bilan birgalikda Yangiobod MMTP hududidagi "Charxpalak" fermer xo‘jaligida paxta yig‘im terim ishlari boshlangani munosabati bilan tashkil etilgan yig‘inda ishtirok etdi va uyushqoqlik bilan boshlangan terim jarayoni, terim mashinalari holati, terimchilar kayfiyati hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
So‘ng, qurbonlik keltirilib, duoga qo‘l ochildi. Shuningdek, mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlash, mo‘ljallangan paxta xirmonini ortig‘i bilan to‘ldirish, terimchilarning kayfiyatini ko‘tarish va sharoitlarini yaxshilash hamda boshqa masalalarda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.
Hurmatli tumandoshlar, paxta yig‘im-terimi jarayoniga bevosita aloqasi bo'lgan barcha fuqarolarni terimda faol ishtirok etishga va bu orqali qisqa vaqt ichida mo'may daromad olishga taklif qilamiz.