PASTDARG‘OMDA "LIMON HOSILI SAYLI" O‘TKAZILDI
Pastdarg‘om tumani Balxiyon mahallasidagi "All storiyes" MCHJga qarashli issiqxonada tuman hokimi o‘rinbosari, «Turonbank» ATB respublika vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan dehqon va tadbirkorlar ishtirokida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida limon yetishtiruvchi fermerlar, tadbirkorlar va soha mutaxassislari o‘zaro tajriba almashib, hosildorlikni oshirish, issiqxona texnologiyalarini takomillashtirish hamda “O‘zbek limoni” milliy brendining eksport salohiyatini kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Saylda limonchilikni rivojlantirishga doir bank tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar va sohadagi yangi. qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ham so‘z yuritildi.
“Limon hosili sayli” - nafaqat hosil bayrami, balki mehnatsevar insonlarning fidokorona mehnatini qadrlash, limonchilikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.




