insurez
23-09-2025 17:17

PASTDARG‘OMDA KENG MIQYOSDAGI SPORT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA


Bir muddat avval, tuman hokimi Sh.Rahmonov tumandagi sport maktablarining masʼullari, murabbiylar, faol sportchilar, joylardagi yoshlar yetakchilari va jismoniy tarbiya fani ustozlari bilan uchrashib, tumanda sport turlarini yanada rivojlantirish, yangi iqtidorlarni tarbiyalash bo‘yicha bir qator dolzarb masalalarni ilgari surgani hamda bu borada olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilangani xususida xabar qilgan edik.

Shunga ko‘ra, hozirda tumandagi mavjud sport federatsiyalari va ularga biriktirilgan masʼul rahbarlar hamkorligida bir qator sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilyapti.

Jumladan, hozirga qadar basketbol, voleybol, kurash, boks, taekvondo, erkin kurash, chim ustida xokkey, para-badminton hamda dzyudo kabi sport turlari bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqalari reja-grafik asosida amalga oshirildi.

Umumiy hisobda 11 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu musobaqalarga jami 3264 nafar yoshlar qamrab olindi va barcha g‘olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlanmoqda.

Sentyabr oyi yakuniga qadar qo‘l to‘pi, ushu, velosport, yengil atletika, para yengil atletika hamda qo‘l jangi kabi sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazilishi belgilangan.

Teglar
- -