insurez
24-01-2025 10:19

PASTDARG‘OMDA KENG MIQYOSDAGI SPORT TADBIRLARI O‘TKAZILDI


Bugun, Pastdarg‘om tumanida aholiga xushkayfiyat ulashish, vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida bir qator madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, respublika ishchi guruhi masʼuli E.Uralov sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot-korxonalar mutasaddilari, harbiy qism va harbiy orkestr, mahallalar vakillari hamda xalq faollari ishtirokida "Sog‘lom hayot uchun - 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish tadbiri o‘tkazildi.

So‘ng, Juma shahridagi Yangi O‘zbekiston" maydonida badantarbiya mashg‘ulotlari bajarildi.

🇺🇿Tadbirning badiiy qismidan avval yurtimiz madhiyasi yangrab, unga hurmat bajo keltirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan harbiy jangovar chiqishlar, qurol-aslahalar ko‘rgazmalari, sport o‘yinlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Teglar
- -