PASTDARG‘OM VA SZYULUNPO TUMANLARI O‘RTASIDA O‘ZARO HAMKORLIK O‘RNATILDI
Szyulunpo tumani Chunsin shahrining markazida joylashgan muhim sanoat va xizmat ko‘rsatish markazlaridan biri bo‘lib, shahar iqtisodiyotida sezilarli o‘rin tutadi.
Uning umumiy maydoni taxminan 432,15 kvadrat kilometr va unda 1 million 224 ming 597 nafar aholi istiqomat qiladi.
Tumanda avtomobil, elektron texnika, mashinasozlik, savdo va logistika xizmatlari hamda kimyo sanoati rivojlangan.
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan hokimi boshchiligidagi delegatsiya Chunsin shahriga tashrif buyurib, ushbu shahar rahbariyati, masʼullari, tumanning partiya qo‘mitasi aʼzosi, tuman maʼmuriyat boshlig‘ining o‘rinbosari Lyao In xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar aloqalarni o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar o‘tkazishdi.
Shuningdek, mazkur hududdagi eng yirik ishbilarmonlari, kompaniyalar va investorlar vakillari bilan hududlar xususida o‘zaro taqdimot almashish barobarida, Pastdarg‘om tumaniga investitsiya kiritish va hamkorlik loyihalari orqali yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida doimiy hamkorlikda ish olib borish, do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va har ikki tomon tadbirkorlarini ham birdek qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.