PASTDARG‘OM TUMANI VA SZIGUN SHAHRI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANADI
3,2 million kishi istiqomat qiladigan Szigun shahri Sichuan provinsiyasida joylashgan bo‘lib, 2 ming yillik tarixga ega tuz ishlab chiqarish markazi sifatida tanilgan.
Xitoyning muhim sanoat va madaniy markazlaridan biri hisoblangan ushbu shahar iqtisodiyoti asosan sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalariga tayanadi.
Yer maydoni 4,372 kvadrat kilometr bo‘lib, tuz muzeyi va anʼanaviy chiroq festivallari bilan butun jahonga mashhur.
O‘tgan yilning noyabr oyida Pastdarg‘om tumani va Xitoyning Szigun shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Shunga ko‘ra, hozirda Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan hokimi boshchiligidagi delegatsiya Szigun shahriga tashrif buyurib, ushbu shahar hokimi o‘rinbosari Lyu Szinszin va shahar masʼullari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar aloqalarni o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar o‘tkazishdi.
Shuningdek, Pastdarg‘om tumaniga investitsiya kiritish, doimiy hamkorlikda ish olib borish, do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va har ikki tomon tadbirkorlarini ham birdek qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.