insurez
11-07-2024 17:47

📣PASTDARG‘OM TUMANI "HOKIM KUBOGI"GA START BERILDI


✅Mahalla yoshlari o‘rtasida 14-30 yosh toifasida o‘g‘il va qiz bolalar uchun sport, sanʼat, madaniyat, kitobxonlik yo‘nalishlarini targ‘ib qilish maqsadida, musobaqa va tanlovlar joriy yilning iyul-avgust oylari davomida o‘tkaziladi.

Jumladan:

✍️Sport yo‘nalishida:

1. 🏓 Stol tennisi musobaqalari 9-12 iyul kunlari davomida; 

  2. ♟ Shaxmat-shashka musobaqalari 15-18 iyul kunlari davomida; 

  3.🤾‍♂️ Mini futbol musobaqalari - alohida reja grafik asosida; 

  4. 🤾‍♀️ Voleybol musobaqalari avgust oyi davomida; 

  5.  🤼 Milliy kurash musobaqalari avgust oyi davomida. 

✍️Madaniyat yo‘nalishida: 

  1.🎼 Anʼanaviy xonandachilik tanlovi 29 iyul kuni; 

  2.🎨 Rassomchilik tanlovi 24 iyul kuni; 

  3. 🤹‍♂️ Sheʼriyat tanlovi 30 iyul kuni; 

✍️Kitobxonlik va intellektual o‘yinlar yo‘nalishida:

1. Zakovat intellektual o‘yini 12 iyul kuni; 

  2. Yosh kitobxon tanlovi 26 iyul kuni. 

✅Ushbu musobaqalar iyul oyi davomida mahallalarda ko‘chalar aro mahalla bosqichlari o‘tkaziladi.

✅ Avgust oyining birinchi yarmida sektor bosqichlari.

✅Hamda mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami arafasida tuman bosqichlari o‘tkaziladi.

🏙"Hokim kubogi" tanlov va musobaqalari 3 bosqichda:

1. Ko‘chalararo mahalla bosqichi; 

2. Mahallalararo sektor bosqichi; 

3. Sektorlararo tuman bosqichlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

🏅Tanlov va musobaqalarning g‘oliblari mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida munosib tarzda taqdirlanadi.

🏆Siz ham shoshiling tanlovda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling! 

👨‍💼 Batafsil maʼlumotlarni mahallangizdagi yoshlar yetakchisi orqali bilib oling.

Teglar
- -