Pastdarg'om tuman 3-son Politexnikum yoshlari
Samarqand garnizonidagi harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi
O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan yetuk, yuksak bilimga ega bo‘lishlari ularga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, olib borilayotgan islohatlar natijasida kamol topishi ochiq eshiklar kuni ishtrokchilariga takidlab o'tildi.
Samarqand garnizonidagi harbiy qismda Pastdarg'om tuman 3-son Politexnikum yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Men ham askar bo‘laman" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.
Unda yoshlar harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi hamda bugungi kunda milliy armiyamizda yaratilgan sharoitlar va Oliy harbiy bilim yurtlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.