insurez
29-04-2025 18:38

PASTDARG‘OM DELEGATSIYASI "IRAN EXPO - 2025" 7-XALQARO KO‘RGAZMASIDA


Ayni kunlarda tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligidagi elektrotexnika, mebelchilik, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, tibbiyot sohalarida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlaridan iborat Pastdarg‘om delegatsiyasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Eron davlatida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida tumanimiz delegatsiyasi ushbu davlatning poytaxti sanalgan Tehron shahrida "Tehran Permanent International Fairgrounds"da bo‘lib o‘tgan "Iran Expo 2025" — Eronning eksport imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan eng yirik xalqaro tadbirlardan birida ishtirok etishdi.

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, neft-kimyo va qayta ishlash sanoati, avtomobilsozlik va mashinasozlik, maishiy texnika va elektron mahsulotlar, to‘qimachilik va yengil sanoat sohalariga doir ko‘rgazmalar namoyish etilgan tadbirda Pastdarg‘om tumani hamda Eronning Fors viloyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilib, tuman hokimi o‘rinbosari A.Gafurov va Fors viloyati hokimining o‘rinbosari janob Muhammad Rizo tomonidan dastlabki memorandumlar imzolandi.

Tumanimiz delegatsiyasining Eron davlatiga bo‘lgan tashrifi davom etadi va ushbu xususidagi yangiliklarni eʼtiboringizga havola etib boramiz.

Teglar
- -