O‘RGANISH NAVBATI OQ OLTIN MFYGA
Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida muntazam ravishda mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bu galgi sayyor qabul Oq oltin mahallasi fuqarolari uchun bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori, Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi boshlig‘i, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari, nuroniylar, xalq faollari va ko‘chaboshilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, ko‘chatlar o‘tqazish, aholi tomorqasidan unumli foydalanish kabi bir qator muhim masalalar ilgari surildi.
Shuningdek, PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, mahalla hududida xavfsiz muhitni shakllantirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, oliy taʼlimga qamrovni oshirish, ijtimoiy muhtoj oilalar bilan ishlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish, soliq va kommunal to‘lovlar hamda hasharlar tashkil qilish, ko‘chalar va qabristonlarni obod qilish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.
Fuqarolar va yoshlar tomonidan qilingan elektr tarmog‘i ustunlari, yo‘l, svetofor o‘rnatish, ichimlik suvi kabi 20 ga yaqin murojaatlarga ham alohida eʼtibor qaratilib, tegishli masʼullarga yo‘naltirildi.