"OMBOR DAFTARI"NING NAVBADAGI SOHALAR KESIMIDA TAHLILI
Avval xabar qilganimizdek, Pastdarg‘om tumanida barcha sohalarning 2025-yildagi aniq rejalari va oldiga qo‘ygan maqsadlari, yil yakunida kutilayotgan asosiy ko‘rsatgichlari belgilab olingan bo‘lib, bu borada "Ombor daftarlari" shakllantirilgan.
Ushbu daftarlarda belgilangan asosiy vazifalarning tuman hokimiga qilingan dastlabki taqdimotlari joriy yil boshida o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning ijrosi bo‘yicha birinchi chorak yakunlari xususidagi taqdimotlar mazkur hafta boshidan buyon navbati bilan barcha sohalar kesimida bo‘lib o‘tmoqda.
O'tgan haftaning ikkinchi yarmida o'tkazilgan navbatdagi muhokamalarda tuman hokimi Sh.Rahmonov dastlab, qishloq xo‘jaligi majmuasi hamda qurilish sohasi kompleksi doirasidagi tashkilotlarning so'ngra, xotin-qizlar va boshqa asosiy soha mutasaddilarining birinchi chorak yakuni bo‘yicha hisobotlarini belgilangan reja-grafik asosida qabul qildi.
Bunda, har bir soha egasining ayni vaqtdagi ko‘rsatgichlari, hozirga qadar bajargan ishlari hamda qo‘yilgan rejaga nisbatan holati tahlil etilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalari belgilandi.
Barcha masʼullar tumanimizning har tomonlama rivojlanishi, aholi turmush tarzini yanada yaxshilash uchun o‘z vazifalariga masʼuliyat bilan yondashishi yuzasidan yana bir bor ogohlantirildi va aksariyat masalalarda o‘zaro hamkorlikda ishlash lozimligi taʼkidlandi.