OBOD VA FAYZLI MAHALLA YURT KO'RKI
Tumandagi "mahalla yettiliklari" bilan zoom platformasi orqali muhokama o‘tkazildi.
Muhokamada tuman hokimi Sh.Rahmonov, Respublika ishchi guruhi masʼul xodimi Elyor Mamadiyorov, mahalla yettiligining tuman rahbarlari hamda mahalla masʼullari ishtirok etishdi.
Bunda ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab o'tkazilayotgan “Tozalik va ozodalik oyligi"ni keng targ‘ib qilish, jinoyatchilikni oldini olish, mahalla faollari tomonidan tashkil etilgan tashabbuslar ijrosi, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, muqobil yoqilg‘i hamda soliq va kommunal to'lovlar masalalari muhokama markazida bo'ldi.
Shuningdek bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan aniq vazifa va muddatlar belgilandi.




