insurez
24-04-2025 17:45

NURONIYLAR JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHDA KO‘MAKCHI


Pastdarg‘om tumani bo‘ylab mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joylarda bu borada targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazib borilyapti.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman prokurori, eng faol nuroniylar, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, o‘rta va yosh avlod vakillari ishtirok etgan navbatdagi targ‘ibot tadbirida ham yuqorida taʼkidlangan masalalar ilgari surildi.

Shuningdek, bolalar taʼlim-tarbiyasi avvalo ostonadan, oiladan, mahalladan boshlanishi, har bir bolani jamiyatga naf keltiradigan komil inson bo‘lib yetishishida barchaning ayniqsa, nuroniylarning o‘rni beqiyosligi xususida so‘z yuritilib, yosh avlodning kelajagi uchun barcha birdek masʼul ekanligi tushuntirildi.

Shu kabi, PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish, farzandlar taʼlim-tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik bo‘yicha tavsiya, ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -