insurez
18-01-2025 10:02

NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILMOQDA


Xabaringiz bor, Pastdarg‘om tumanida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish hamda zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan.

Har qanday ob-havo sharoitida ham shtab aʼzolari va masʼul tashkilotlar xodimlari hududlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish va o‘z vaqtida oldini olish maqsadida mehnat qilmoqda.

Maʼlumot uchun, ushbu shtab tashkil etilgandan buyon, fuqarolar tomonidan 350 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi inobatga olinib tegishli choralar ko‘rilgan.

Shtabning asosiy vazifasi – qish mavsumida vujudga kelgan muammo va nosozliklar yuzasidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

Siz ham bu boradagi masalalar yuzasidan shtabning xizmat raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: 

+998 66 465-13-87
+998 66 465-12-14

Teglar
- -