insurez
04-03-2026 11:24

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI


Tuman hokimi J.Pardayev tegishli o‘rinbosar va masʼullar ishtirokida tuman hokimligi binosida tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularni joyida hal qilish uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida, elektr energiyasi, auksion, kadastr va qishloq xo‘jaligiga doir turli masalalar ilgari surildi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Hurmatli tadbirkorlar o‘z muammo va takliflaringiz yuzasidan navbatdagi tadbirkorlar qabullariga murojaat yo‘llashingiz uchun Savdo-sanoat palatasi Pastdarg‘om tumani bo‘limi bilan (+998 91 541 00 41) bog‘lanishingiz mumkin.

Teglar
- -