NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Davlat xizmatlari markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Samarqand viloyati vakil devoni hamrohligida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, tegishli o‘rinbosarlar va tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etyapti.
Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirilmoqda.