#NAVBAT_BOG‘ISHAMOLGA
AHOLI YASHASh SHAROITLARI O‘RGANILDI
Tuman hokimi tuman prokurori va tegishli masʼullar ishtirokida birinchi sektor hududidagi Bog‘ishamol mahallasida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi.
Dastlab fuqarolar va yoshlar murojaatlarini o‘rganish va masalalariga yechim topish maqsadida qabul bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida bandlik, tadbirkorlik uchun ko‘mak, yer olish va huquq tartibot idoralariga doir turli masalalar ilgari surildi.
So‘ng, 118-umumtaʼlim maktabini o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, Bog‘ishamol oilaviy shifokorlik punkti faoliyati ham eʼtibordan chetda qolmadi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati hamda xodimlar faoliyati bilan tanishildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida tegishli masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, bu bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.