NARPAYLIK USTA DEHQONLAR BILAN TAJRIBA ALMASHILMOQDA
Har bir sohada yutuqlarga erishish uchun katta tajribaga ega ustozlar o‘gitlari va maslahatlariga tayangan holda ish olib borish, xalqimizga xos go‘zal fazilatlardan biri sanaladi.
Ayni paytda tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosari, tashkilotlar rahbarlari va qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan narpaylik faxriy nuroniylar hamrohligida tumanimizdagi fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan paxta va g‘alla maydonlarida bo‘lib, ekinlarning bugungi holati bilan tanishmoqda.
Bunda, sohaning faxriy ustozlari ekinlar parvarishi, agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri olib borilishi, zararkunandalarga qarshi kurashish choralari, o‘g‘itlash tartibi borasida o‘z bilim va tajribalaridan kelib chiqqan holda tavsiyalar bermoqda.
Hozirda o‘rganishlar Ne‘mat Nortoyev MMTP hududidagi Zokirjon Zarbuloq fermer xo‘jaligida olib borilayotgan bo‘lib, kun yakuniga qadar boshqa hududlardagi fermer xo‘jaliklarida ham davom etishi ko‘zda tutilgan.