MUZOKARALAR NATIJALARI MUHIM KELISHUVLAR BILAN MUSTAHKAMLANDI
Tumanimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turar ekan, tumanimizga yangi tadbirkorlik loyihalari va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar davom etmoqda.
🌐"Nova International" korporatsiyasi Guanjou provinsiyasida minglab yirik tadbirkorlarni eksport, import hamda investitsiya masalalarida umumlashtirilgan yirik assotsiatsiya hisoblanadi. Ushbu korxona nafaqat Xitoyning ko‘plab shaharlarida balki, Fransiya, Afrika va Evropa va boshqa davlatlarida ham o‘z filiallariga ega.
✅Bugun ham, Nova korporatsiyasida Korporatsiya asoschisi va rahbari Yu Ting xonim boshchiligida Pastdarg‘omlik tadbirkorlar uchun Guanjoudagi eng yirik 35 ta tadbirkorlar ishtirokida har tomonlama manfaatli uchrashuv tashkil etildi.
👨💼Uchrashuv davomida Xitoyda nufuzi baland bo‘lgan Nova korporatsiyasi bilan tumanimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus memorandum imzolandi. So‘ng, o‘zaro hurmat nishonasi sifatida Xitoylik tadbirkorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
✈️Uchrashuvda, Pastdarg‘om tumanining iqtisodiy salohiyati taqdimot qilindi va ko‘plab yirik tadbirkorlarda qiziqish bildirilib, qisqa muddatda tumanimizga katta tadbirkorlar guruhi tashrif buyuradigan bo‘ldi.
💎Shuningdek, tumanimiz hamda Xitoylik tadbirkorlar o‘rtasida manfaatli kelishuvlar tuzildi. Uchrashuvdan so‘ng, tumanimiz ishbilarmonlari hududlarda tadbirkorlar faoliyatini ko‘zdan kechirish maqsadida, xorijiy hamkorlarining ish faoliyati bilan tanishish uchun yo‘lga otlandi.