insurez
31-08-2024 14:04

MURG'AK QALB EGALARI XUSHNUD BO'LDI


Istiqlol shodiyonalari arafasida tashkil etilgan navbatdagi bayram tadbiri 75-umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida dastlab, 4-sektor hududidagi eng faol mahalla yettiliklari taqdirlandi.

Shundan soʻng, Katta Nayman mahalasida joylashgan 7 va 8-son Oilaviy bolalar uyining 10 nafar tarbiyalanuvchilariga qimmatbaho sovgʻalar va kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.

Tuman madaniyat bo‘limining mahoratli sanʼatkorlari va tumanimizdagi yosh isteʼdod egalari tomonidan qilingan turli ko‘ngilochar chiqishlar davraga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

Teglar
- -