insurez
08-05-2025 18:29

MUQADDAS QADAMJOLAR OBOD ETILMOQDA


Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir.

Mamlakatimizda 9-may — Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinadi.

Ushbu qutlug‘ sana arafasida ziyoratgohlar va qabristonlarda keng-ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini tashkil etish eng go‘zal odatlarimizdan hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Pastdarg‘om tumanidagi barcha qabristonlarda hasharlar tashkil qilinib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan qabristonlar va ularning atrofini tozalash, obodonlashtirish, gulzorlashtirish ishlariga yosh-qari birdek hissa qo‘shayotir.

Teglar
- -