#Munоsabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Pastdarg‘om tuman hokimlik binosi ro‘parasidagi daraxtlar kesilib, yangi yil archasini o‘rnatish uchun beton maydon hosil qilishgan" degan mazmundagi post joylangan.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosaridan maʼlumot oldik.
Unga ko‘ra, tuman hokimligi ro‘parasida yaqin orada hech qanday daraxtlar kesilmagan. Yangi yil archasi esa bir necha yillardan buyon tuman IIB binosi ro‘parasidagi "Yangi O‘zbekiston" maydoniga o‘rnatiladi.
Joriy yilda ham, asosiy "bayram archasi" odatga ko‘ra aynan ushbu maydonga o‘rnatilishi va uning atrofida bayram tadbirlari o‘tkazilishi maqsad qilingan.