insurez
15-01-2025 15:26

MUHIM VAZIFALAR YUZASIDAN MUHOKAMA


Tuman hokimi tomonidan sektorlar va tashkilotlar raxbarlari, 107 ta mahalla “yettiligi” a’zolari, xududlar faollari hamda oqsoqollari ishtirokida Zoom platformasi orqali muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada hududlarni obodonlashtirish, asosiy va ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, qabristonlarda navbati bilan hasharlar tashkil qilish, ichki suv yo‘llarini qazish, betonlashtirish, bahor mavsumida yo‘l yoqasiga ekiladigan gullarning rejalari kabi bir qator masalalar ilgari surildi.

Shuningdek, tomorqa madaniyati va undan unumli foydalanish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, ayrim mahallalardagi aholi xonadonlarida tomorqalar holati tanqid ostiga olindi va ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilandi.

Shu qatorda, aholi murojaatlari bilan ishlash, jinoyatchilikni oldini olish, yil davomida amalga oshirilgan asosiy vazifalar tahlili va shu kabi boshqa bir qator muhim vazifalar yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Teglar
- -