MOZIYGA QARAB ISH TUTMOQ XAYRLIDIR
Nuroniylar maskanida tuman hokimi Sh.Rahmonovning nuroniylar hamda ziyolilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Pastdarg‘om hududining ming yillikka daxldor tarixiy asosi borligi va uning tarixi haqida kitob yaratish bugungi xayrli ishlardan biri ekanligi xususida so'z yuritildi.
Shuningdek, tumanimizning ramziy ma’noda yuz yillik tarixi haqida kitob yaratish va uni kitobxonlarimizga yetkazish eng zarur bo‘lgan amaliy harakatlardan ekani ta'kidlanib, ushbu jarayonda nuroniy va ziyoli insonlar bilan bamaslahat ish ko'rilishi lozimligi aytildi.
Shundan so‘ng Pastdarg‘om tumanini tashkil topganiga yuz yil to‘lishi munosabati bilan yaratilayotgan “Asrga teng Pastdarg‘om” tarixiy kitobini yaratish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zolari kitob bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlar, oldilarida turgan masalalar bo‘yicha taklif hamda tashabbuslari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, "besh qahramon" faoliyati va tumanning "tarixiy muzeyini" tashkil etish masalalari ham ilgari surilib, bu borada kelgusi rejalar belgilab olindi.
Hurmatli pastdarg'omliklar, agar sizda ham tumanning tarixi hamda unda yashagan ziyolilarga oid ma'lumotlar, faktlar bo'lsa, "Pastdarg‘om haqiqati" gazetasi tahririyatiga taqdim etishingiz maqsadga muvofiq bo'ladi.




