MILLIY QADRIYATLARIMIZ ABADIY BO‘LSIN
Odatga ko‘ra, bugun Pastdarg‘om tumanida "Milliy libos-millat qiyofasi" shiori ostidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumanimizdagi barcha korxona-tashkilotlar masʼullari hamda davlat xizmatchilari milliy liboslarda o‘z xizmat faoliyatini olib borayotgan bo‘lsa, taʼlim dargohlaridagi darslar ham milliy liboslar kiygan o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, 4-son politexnikumida milliy anʼanalarni targ‘ib qilish maqsadida milliy kinofilmlar namoyish etilgan bo‘lsa, tibbiyot sohasi muassasalarida barcha xodimlar milliy liboslarda aholiga xizmat ko‘rsatdi.
Bundan tashqari mahallalar bo‘ylab, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan turli tadbirlar tashkil etildi.