MILLIY QADRIYATLAR - MILLAT TAYANCHI!
Milliy anʼanalar – millatning tarixini, ijtimoiy voqealar va hodisalarga bo‘lgan munosabatini hamda turmush tarzini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ular millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, qadriyatlar, faoliyat turlari, odatlar va xislatlarning avloddan avlodga o‘tishi hamda meros bo‘lib qolishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.
Kishilar qalbiga ishonch ruhini baxsh etishga xizmat qiladigan milliy anʼanalar, ajdodlarimizning bebaho merosi va umumbashariy qadriyatlarga tayanishi, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashga undashi, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvini taʼminlashga yordam beradigan maʼnaviy omilga aylanishiga harakat qilish lozim.
Pastdarg‘om tumanida milliy anʼanalarni eʼzozlash, qadriyatlarimizni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun ham, tumanimizdagi Parcha Chandir mahallasida milliylik ruhi aks etgan o‘zgacha shukuhli tadbir tashkil etildi.
Unda milliy urf-odatlarimiz, qadriyat va anʼanalarimiz bo‘yicha yosh avlodga nazariy hamda amaliy tushunchalar berildi.
Milliy taomlar pishirildi. Nuroniy onaxonlar tomonidan hirgoya qilingan lapar va yor-yorlar davraga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.