MILLIY LIBOSDA - MILLAT KO‘ZGUSI
Haftaning har juma kuni Pastdarg‘om tumanida "Milliy libos-millat qiyofasi" shiori ostidagi loyihalar amalga oshirilishi odatga aylandi.
Shunga ko‘ra, bugun ham tumanimizdagi barcha korxona-tashkilotlar masʼullari hamda davlat xizmatchilari milliy liboslarda ko‘rinish berdi.
Shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham milliy liboslarda faoliyat ko'rsatishdi.
Bu kabi ishlarda o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, yosh avlod qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyasini ilgari surish maqsad qilingan.
Zero, milliy liboslarimiz o‘zida xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va anʼanalarini mujassam etgan.




