MILLIY KURASH BO‘YICHA VILOYAT ChEMPIONATI
Samarqand shahrida sportning milliy kurash turi bo‘yicha viloyat chempionati saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda barcha tuman va shaharlardan tashrif buyurgan yosh sportchilar qatorida, Pastdarg‘om tumani 1-son Sport maktabi sportchi-o‘quvchilari ham, munosib ishtirok etishdi.
Natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda bir guruh tumanimiz vakilalari yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Jumladan,
Madina Elmurodova 48kg,
Dilso‘z Eshniyozova 57kg,
Adiba Rustamova +63kg lar o‘z vazn toifalarida mutloq g‘olib deb topilgan bo‘lsa,
Durdona Kamolxonova 52kg,
Shaxzoda Xursanova 63kg,
Xursanoy Toshpo‘latov 40kg,
Shaxzoda Axmedova 52kg,
Sevinch Choriyeva 52kg,
Jasmina Toshtemirova 63kg lar ham faxrli o‘rinlarga loyiq ko‘rildi.
Musobaqa g‘oliblari 1-4-may kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Chempionatida qatnashish uchun yo‘llanmalarga ega bo‘lishdi.