MILLIY KURASH BO‘YICHA "BOSH PROKUROR KUBOGI" MUSOBAQALARI
Yoshlarni sportga jalb qilish, mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va milliy kurashning ommaviyligini oshirish maqsadida "Bosh prokuror kubogi" musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Hozirda, mazkur musobaqaning sektor bosqichiga start berildi. Tadbirda viloyat prokuraturasi masʼullari, tumani prokurori o‘rinbosari, Samarqand viloyati kurash federatsiyasi ijrochi direktori ishtirok etib, musobaqaning maqsadi haqida so‘z yuritishda va barcha sportchilarga omad tilashdi.
Mazkur musobaqa “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Xalqaro kurash assotsiatsiyasining amaldagi qoidalari asosida o‘tkazilayotgan bo‘lib, sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar musobaqaning tuman bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.