"MEN DONORMAN" AKSIYASI DAVOM ETMOQDA
Joriy yilning 16-20-sentabr kunlari tuman tibbiyot birlashmasida "Men donorman" xayriya qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tayotgani xususida xabar qilgan edik.
Ushbu aksiyada tumandagi korxona va tashkilotlar vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, tuman Yoshlar ishlari bo'limi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tashabbus ko'rsatib aksiyada ishtirok etdi va bu ezgu ishlarga hissa qo'shdi.
O‘z istagi va tashabbusi bilan aksiyada ishtirok etish niyatida bo‘lgan fuqarolarni tuman tibbiyot birlashmasiga taklif etamiz.
Bu xayrli amal bilan qaysidir og‘ir ahvoldagi bemorga yordamingiz tegishi mumkinligini unutmang!




