insurez
18-04-2025 16:20

#Mehnat_yarmarkasi


FUQAROLAR BANDLIGI MUHIM MASALA

Tuman hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida "Samarqand Afrosiyob Sement" MCHJ binosida fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarka davomida, tashrif buyurganlarga tumanda faoliyat olib borayotgan 10 ta korxona va tashkilotlar tomonidan, 200 ta vakant ish o‘rinlari tanishtirildi.

Shuningdek, 20-nafar fuqarolar o‘zlariga maʼqul kelgan sohadagi vakant o‘ringa ishga olindi va bandligi taʼminlandi. Shu qatorda, 8 nafar fuqarolarga kasb-hunarga o‘qishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Shu kabi, yarmarka doirasida 2 nafar nogironligi bo‘lgan va 2 nafar migratsiyadan qaytgan fuqarolarning ham bandligi taʼminlandi.

Maʼlumot uchun, bandligi taʼminlanganlarning 4 nafari, kasb-hunar o‘rganish uchun yo‘llanmalar berilganlarning esa, 5 nafari umumtaʼlim maktablari va professional taʼlim dargohlarining bitiruvchilari.

Teglar
- -