insurez
21-01-2025 09:40

MEHNAT YARMARKASI


Tumanimizda fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida muntazam ravishda mehnat yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda.

Bu galgi mehnat yarmarkalari maxsus tasdiqlangan reja-grafik asosida Bahor, Oshiq ota, Xonchorbog‘, Quyi darg‘om va Beshbola mahallalarida bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkalar davomida, tashrif buyurganlarga tumanda faoliyat olib borayotgan 16 ta korxona va tashkilotlar tomonidan, 84 ta vakant ish o‘rinlari tanishtirildi.

Mehnat yarmarkalarida jami 103 nafar xotin-qizlar hamda 98 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Shundan, 23 nafar fuqarolar doimiy ishlarga jalb etilgan bo‘lsa, ularning 11 nafari kasb-hunarga o‘qish uchun yo‘naltirildi.

Teglar
- -