insurez
28-04-2025 10:54

MAY OYIDAN KUZ-QISH MAVSUMIGA HOZIRLIK KO‘RISH BOSHLANADI


Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosari hamrohligida qurilish va kommunal soha tashkilotlarida bo‘lib, ular tomonidan bajarilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalari yuzasidan qilingan taqdimotlari bilan tanishdi.

Dastlab, tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasida bo‘lib, uning bugungi holati, ish jarayoni hamda tumanimizda yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, yanada obod qilish borasida oldiga qo‘yilgan maqsadlari yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Unda, muassasa tomonidan tumanning 72 kilometr masofadagi ichki yo‘llarini taʼmirlash, 400 donadan ortiq yo‘l belgilari o‘rnatish kabi yana bir qator rejalar xususida so‘z yuritilib, ishlarni jadallashtirish va sifatli holatda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

So‘ng, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr taʼminotini yaxshilash, aholiga sifatli elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish borasida olib borilayotgan ishlar hamda tuman Energiya savdo bo‘limi faoliyati bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar davomida Juma nimstansiyaga o‘rnatilgan zamonaviy vakuumli yacheyka ko‘zdan kechirilib, bu kabi zamonaviy texnologiyalarni ko‘paytirish zarurligi taʼkidlandi va uning afzalliklari, texnik jihatdan xavfsiz hamda qulaylik tomonlari ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, tuman hokimligida qurilish kompleksiga tegishli barcha korxona-tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashilib, har bir soha kesimida kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha muhokama o‘tkazildi hamda joriy yilning ikkinchi choragi davomida ushbu mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash xususida kelishib olindi va aniq vazifalar belgilandi.

Teglar
- -