insurez
05-05-2025 18:32

MASHXADLIK SARMOYADORLARGA “PASTDARG‘OM” MAXSUS SANOAT ZONASI TAQDIMOT QILINDI


Hozirda, tumanimiz delegatsiyasi Eron davlatida bo‘lib, o'zaro hamkorlik muzokaralarini olib borayotgani xususida xabar qilgan edik.

Ayni paytda tashrif doirasida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani va Xurosoni Razaviy viloyati tadbirkorlari o'rtasida biznes forum tashkil etilib, unda B2B va G2B formatidagi uchrashuvlar bo'lib o'tkazilmoqda.

Xususan, uchrashuvda tuman hokimi Sh.Rahmonov tumanimizdagi 234,3 gektar maydonda joylashgan “Pastdarg‘om” maxsus sanoat zonasi to‘g‘risida maʼlumot berib, uning joylashuvi, imkoniyatlari, qulayliklari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, ushbu hududda hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida bo‘lgan Eron kompaniyalarini hamkorlik uchun taklif qildi.

60 dan ortiq yirik kompaniyalar ishtirok etgan uchrashuvda “Pastdarg‘om” maxsus sanoat zonasida ishlash bo‘yicha bir qator qiziqishlar va aniq takliflar bildirildi..

Shuningdek, forum davomida dvigatel yog'lari, elektrodvigatellar, qadoqlar, farmasevtika, un mahsulotlarini ishlab chiqarish, terini qayta ishlash va parrandachilik xo‘jaligini tashkil etish kabi qator yo'nalishlar bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Bu boradagi muzokaralar davom etmoqda.

Teglar
- -