insurez
20-01-2025 15:49

SHANXAYDA PASTDARG‘OM MAHSULOTLARI KO'RGAZMASI TASHKIL ETILADI


Ayni kunlarda Shanxay provinsiyasida rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan tumanimiz delegatsiyasi Pudun tumanida tashkil etilgan, Xitoy Xalq Respublikasining birinchi darajali turli davlatlar mahsulotlarini o'zida mujassam etgan ko'rgazmasiga tashrif buyurdi.

Ushbu ko'rgazmada 10 dan ortiq davlatlar jumladan, O'zbekiston Respublikasining ham milliy liboslari, hunarmandchilik va san'at namunalari, qadriyatlariga oid qimmatbaho va uy-ro'zg'or buyumlari, aynan shu hududda ko'proq isteʼmol qilinadigan shuningdek, ishlab chiqariladigan oziq-ovqat hamda boshqa mahsulotlar kabi narsalar joy olgan.

Mazkur ko'rgazma tashrifi mobaynida, Pastdarg‘om tumanida faoliyat yuritayotgan korxonalar mahsulotlarini yirik Xitoy davlatiga olib kirish uchun, nufuzi jihatdan ushbu davlatda birinchi darajali hisoblangan mazkur ko'rgazmada tuman mahsulotlarini eksport qilish maqsadida "Pastdarg‘om burchagi"ni tashkil etish taklifi ilgari surilib, ko'rgazma masʼullari bilan ushbu xususida kelishib olindi.

Teglar
- -