#Mahalliylashtirish_loyihalari
ISUZU YUK TASHUVCHILARINING KUZOVLARI PASTDARG'OMDA ISHLAB CHIQARILMOQDA
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar va mutasaddilar hamrohligida Balhiyon mahallasida joylashgan "LOGIC AUTOMOTIVE AND ENGINEERING” MCHJ xorijiy korxonasida bo‘lib, uning faoliyati hamda ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilib, yaqinda faoliyat boshlagan ushbu korxona avtobuslar uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Jumladan, yiliga 1000 dona hamda mahalliylashtirish darajasi 48 foiz bo‘lgan konditsionerlar, mahalliylashtirish darajasi 100 foiz bo‘lgan ikki xil modeldagi 800 dona karkaslar, mahalliylashtirish darajasi 70 foiz bo‘lgan 6000 dona o‘rindiqlar, mahalliylashtirish darajasi 42 foiz bo‘lgan 600 juft eshiklar hamda mahalliylashtirish darajasi 30 foiz bo‘lgan 72 dona izotermik kuzovlar ishlab chiqariladi.
Shuningdek, hozirda korxonada 50 nafarga yaqin aholi doimiy ish bilan taʼminlangan.
Tashrif davomida korxona faoliyatini yaqin orada butkul kengaytirish, yangi yer maydonlarida zamonaviy bino va inshootlarni qurish, ulkan marralarni ko‘zlash lozimligi kelishilib, bu borada tuman masʼullari tomonidan qonun doirasidagi barcha ko‘maklar ko‘rsatilishi taʼkidlandi.