MAHALLALAR TASHABBUSI BILAN...
Pastdarg‘om tumanida mahallalar infratuzilmasi va aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tuman hokimligi ilgari surgan taklifga asosan, mahallalar o‘z tashabbuslari va fuqarolar hamjihatligida hududlar obod bo‘lishiga hissa qo‘shib boryapti.
Xususan, Torariq mahallasida o‘tgan yilning o‘zida,
1 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llar asfaltlashtirildi va 1,5 kilometr masofada shag‘allashtirish ishlari olib borildi.
mahallaga kiruvchi barcha asosiy ko‘chalarga darvoza va peshlavhalar o‘rnatildi.
harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 39-maktabga olib boruvchi asosiy yo‘lga 2 kilometrdan ortiq piyodalar yo‘laklari "xavfsiz yo‘laklar" barpo etildi.
23-sonli davlat bog‘chasiga olib boruvchi va kiruvchi yo‘laklarning 1000 kvadrat metr qismi betonlashtirildi.
Ag‘ron qabristoni uchun yangi tilovatxona bunyod etildi.
Torariq qabristonida esa, 700 kvadrat beton yo‘laklar tashkil etildi.
Mahalla maʼmuriyati tashabbusi va aholi birdamligida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar davom etmoqda.




