insurez
24-01-2025 10:11

LOYIHALAR YARMARKASI O‘TKAZILDI


Davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yilning 16 dekabr kuni mahallalarda tijorat banklarining rolini oshirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘tkazilgan  videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan Pastdarg‘om tumanida navbatdagi “Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Ushbu yarmarkada respublika ishchi guruhi ishtirok etib, bo‘sh aholi qatlami uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tuman hokimligi va tijorat banklarining Pastdarg‘om tumani filiallari tashabbusi bilan o‘tkazilgan yarmarkada respublika ishchi guruhi masʼuli E.O‘ralov, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Yarmarkada tadbirkorlik faoliyatini boshlashni niyat qilgan aholiga 60 dan ortiq biznes rejalar taqdim qilindi. 

O‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlik qilish niyatida bo‘lgan fuqarolar uchun tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozlar, aholi bandligini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartish va yangiliklar, imtiyoz hamda qulayliklar to‘g‘risida atroflicha maʼlumot berildi.

Teglar
- -