Kunlar isib, bahor nafasi ufurmoqda
Shu bois hozirda Pastdarg‘om tumanidagi dala-dashtlarda, qishlog'-u mahallarda ishlar ayni qizg‘in pallaga yetgan.
Jumladan, keng ko‘lamli hasharlar tashkil etilib, qabristonlar obod qilinyapti.
Ichki suv tarmoqlari qazilyapti, betonlashtirilyapti. Daraxtlarga ishlov berilib, dala chetlari ham obod holatga keltirilyapti.
Asosiy va ichki ko‘chalarda, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlarida obodonlashtirish hamda tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari bo'sh turgan yer maydonlariga va ariqlar chetiga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar o‘tqazilyapti.
Xalq birdamligida uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotgan bu kabi ishlarga yosh-u qari birdek hissa qo‘shish uchun xizmat qilmoqda.
Bu kabi ishlar barcha hududlar bo'ylab kun davomida olib boriladi.