insurez
05-05-2025 18:34

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI


Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bo‘lishi zarur albatta.

Pastdarg‘om tuman hokimligi va prokuraturasi masʼullari, tuman Soliq inspeksiyasi jamoasi va boshqa tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, korrupsiyaviy holatlar hamda manfaatlar to‘qnashuvi kabi masalalar ilgari surildi.

Uchrashuvda ushbu illat domiga tushishning oqibatlari tushuntirilib, unga qarshi kurashish barchamizning, ichki axloqiy-ruhiy maslagimiz, eʼtiqodimizga aylanishi kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizning kelajagini va obro‘-eʼtiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog‘i hamda unga qarshi kurashmog‘i lozimligi xususida so‘z yuritildi.

Teglar
- -